Yoshlar oqshomi tadbiri tashkil qilindi.

Mahallalarda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Hamid Olimjon mahallasida "Yoshlar oqshomi" tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda yosh ijrochilar tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro etildi, rassom yoshlar o'rtasida rasmlar tanlovi va turli xil sport musobaqalari o'tkazildi. Gulxan atrofida yoshlar jonli ijrodagi qo'shiqlarga jo'r bo'ldilar.

Tadbirda tuman prokurori Sh.Ibrahimov ishtirok qildi va faol yoshlar taqdirlandi.


Октябрь 07, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 255 марта