Yangibozor tumanining 4 ta mahallasiga 5 ta transformator punkti o'rnatilmoqda

Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Yangibozor tumanining "Katli", "Chubolonchi", "Oltinqum" va "Shoirlar" mahallalarida jami 501 ta temir beton tayanchlarini o'rnatish va 11,8 km elektr tarmog'larini qurish ishlari hamda 5 ta yangi transformator punktlarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda, aynan "Katli" mahallasi hududida temir beton tayanchlari va 2 ta yangi 250 kVAli transformator punktlari o'rnatilmoqda hamda SIP kabellarini tortish ishlari bajarilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati


Август 21, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 209 марта