Yangibozor tumanida bepul Wi-Fi xizmati mavjudligidan xabaringiz bormi?

Ushbu Wi-Fi hududlarda koʻrsatiladigan simsiz internet xizmatlari bepul hamda pullik tariflarda boʻlib, foydalanuvchilar tomonidan telelefon qurilmalari (android va IOS) orqali Wi-Fi hududida Wi-Fi tarmogʻidan Uzcloud nomli tizimga kiriladi va autentifikatsiya (telefon raqami roʻyxatdan oʻtilib, tasdiqlash kodi kiritib) orqali internetga ulangan holda foydalanish imkoni mavjud. Bunda bepul internet xizmati tezligi 1 Mbit/sek va pullik internet xizmati tezligi 10 Mbit/sek ni tashkil etadi.

Yangibozor tumanining “Istirohat bogʻi”da ham Wi-Fi hududi tashkil etilgan bo‘lib, bepul va pullik simsiz internet xizmatlari koʻrsatilmoqda.

Mazkur Wi-Fi xizmatlarining uzluksiz va sifatli ishlashi nazoratga olingan boʻlib, nosozliklar va uzilishlar aniqlangan taqdirda Wi-Fi xizmatlarini koʻrsatuvchi telekommunikasiya operatorining 1084-qisqa raqamiga, 62-228-22-22 Ishonch telefonga hamda O‘zkomnazorat inspeksiyasining 1144-qisqa raqamlariga murojjat qilishlaringiz mumkinligini bildiramiz.

 


Июль 02, 2024
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 246 марта