Yangibozor tumanida "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kirgan, boquvchisini yo'qotgan, kam ta'minlangan oila farzandlari uchun tumanda "Everest" o'quv markazida o'quv kurslari tashkil qilindi.

Yangibozor tumanida "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kirgan, boquvchisini yo'qotgan, kam ta'minlangan oila farzandlari uchun tumanda "Everest" o'quv markazida o'quv kurslari tashkil qilindi.

Ushbu kurslarga tuman hokimi homiylik qilmoqda. Kurslarga jalb qilingan o'quvchilarning 5 nafari bu yil 11-sinf o'quvchilari hisoblanadi. 15 nafari esa shu yili oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirib, 12 nafari talabalik baxtiga muyassar bo'ldi.

"Everest" o'quv markazi rahbari Karimov Zafarbek tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Yoshlarning bilim olishi va kelgusi hayotda o'z o'rnini topishi uchun sarflangan har qanday mablag' kelgusida o'z natijasini beradi.

Yoshlarimiz bundan juda xursand. Ularning kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz!


Сентябрь 13, 2021
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 660 марта