YANGIBOZOR TUMANIDA O'QUV SEMINARI O'TKAZILDI

Tumandagi 12-son maktab o'qituvchilarining Elektron jurnal yagona tizimidan qanday foydalanayotganliklari va kundalik.jurnal mobil ilovasidan qay tarzda foydalanishlari haqida o'z fikrlarini bildirdilar. O'quvchi va ota-onalarning kundalik.family mobil ilovasidan foydalanish holati o'rganildi.

Kunning ikkinchi yarimida mas'ullar tumandagi 24- va 6-son umumiy o'rta ta'lim maktablariga tashrif buyurishdi.Bu yerda ham o'qituvchi va o'quvchilarning kundalik mobil ilovasidan foydalanishlari o'rganildi. Ustozlar bilan o'zaro fikr almashildi.Kun yakunida barcha maktablarning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va tizim adminstratorlari ishtirokida o'quv-seminari tashkil etildi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi metodik xizmat bo'limi boshlig'i S.Safarova Elektron jurnal yagona tizimida jurnallarning yuritilishi, o'quvchilarning baholanishi va o'qituvchilar tomonidan dars mavzularini to'g'ri to'ldirilishi to'g'risida o'z tavsiyalarini ishtirokchilarga aytib o'tdi.Seminar so'ngida yig'ilish ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.Vazirlik mutasaddilari tomonidan Elektron jurnal yagona tizimidan foydalanish davomida duch kelinayotgan mavjud muammolarni hal qilishda nazariy va amaliy yordam berildi.

 

Yangibozor tumani xalq ta'limi bo'limi matbuot xizmati

 


Октябрь 30, 2021
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 590 марта