Soliq organlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda

Yangibozor tumanida viloyat Soliq boshqarmasi boshlig'i Shuhrat Saidov tomonidan kichik va o‘rta biznes subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda tadbirkorlarga qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda biznesning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida faoliyatida uchrayotgan muammolar, soliq maʼmurchiligi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, soliq organlari biznesga qulay sharoit yaratish, ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish, raqamli yechimlardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatishning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilayotgani bo‘yicha maʼlumotlar berildi.Ochiq muloqotda tadbirkorlarning murojaatlari o'rganildi
Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot nafaqat biznesdagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga, balki davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik va ishonch muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bu kabi muloqotlar orqali kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrni yanada mustahkamlanib, yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda hamda biznes muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati amalda oʻz samarasini bermoqda.
Yangibozor tumanida qariyb 1860 ta tadbirkorlik sub’ektlari toifalarga ajratilgan bo‘lib, shundan 1844 tasi kichik (YaTT-438, mikrofirma-1229, kichik korxona-177), 13 tasi o‘rta, 3 tasi yirik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi.
Qolaversa, tadbirkorlik subyektlari 2024-yil davomida topshirgan hisobotlari va byudjetga toʻlovlari va ishchilar sonidan kelib chiqib turli xil nominatsiyalar bilan ragʻbatlantirildi.
“Diyorbek Shonazar” FX rahbari Shonazar Artiqov — «Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’ekti»,
“Aziz Dilnoza Ixtiyor” OK rahbari Aziz Xudayberganov (umumiy ovqatlanish korxonasi 147 mln so‘mga 1274 dona chek bergan) — «Eng ko‘p fiskal chek bergan tadbirkorlik sub’ekti»,
“Shohjahon Shohruhxon Pahlovonlar” FX rahbari Shohruhxon Boltaboev — «Eng yosh tadbirkor»,
“Elomon” FX rahbari Pahlavon Mahmudov — «Eng intizomli soliq to‘lovchi»,
“Allabergan” XK rahbari Ollabergan Allaberganov — «Eng ko‘p soliq to‘lagan tadbirkorlik sub’ekti» nominatsiyalari boʻyicha munosib eʼtirof qilindi.
Soliq boshqarmasi bu jarayonni davom ettirib, biznes subyektlariga yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish, ularni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platformani yaratishda davom etadi.
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 40 марта