Qaror ijrosini ta’minlash yo‘lida
24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 61-sonli qarori hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi idora-tashkilotlarda, tadbirkorlik sub’ektlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida tuman hokimining ishchi guruhi a’zolari idora-tashkilotlar rahbarlari va mas’ullari hamda tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazib tushuntirish ishlari olib bordilar.
Eskirgan reklama va boshqa targ‘ibot vositalari jarayonning o‘zida olib tashlandi, 1-avgustga qadar idora-tashkilotlarda, tadbirkorlik sub’ektlaridagi tashqi va ichki targ‘ibot vositalarini to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish yuzasidan muddatli tavsiya va topshiriqlar berildi.
D.Tajimuratova
Tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 639 марта