Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Jumladan, 21-oktyabr kuni 15,21-sonli umumtaʼlim maktablari hamda tuman “Maʼnaviyat va maʼrifat maskani” kutubxonasida bayram munosabati bilan tadbirlar tashkil qilindi.

Tadbirlarda umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari oʻzlarining ona Vatan, ona tilimiz haqidagi sheʼrlari, kuy-qoʻshiqlarini ijro qildilar. Ayniqsa, 15-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan oʻzbek mumtoz adabiyoti va jadidchilik harakati namoyandalarining turkiy til goʻzalligini koʻrsatish, millat gʻururi, til barhayotligi yoʻlidagi fidokorona mehnatlari aks etgan jarayonlarini koʻrsatuvchi sahna koʻrinishlari, 21-sonli umumtaʼlim maktabi 6-sinf oʻquvchilarining ona tili fani, imlo qoidalari boʻyicha olgan bilimlari yuzasidan oʻtkazgan bilimlar bellashuvi ishtirokchilar qalbidan chuqur joy oldi.

Tuman “Maʼnaviyat va maʼrifat maskani” kutubxonasida esa tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari tomonidan bahribayt bahsi qizgʻin tarzda oʻtkazildi. Bahribayt bahsida faxrli 1-oʻrinni 17-son umumtaʼlim maktabi, 2-oʻrinni 8-son umumtaʼlim maktabi, 3-oʻrinni 7-son umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari egalladilar.

Tadbirlarda tuman hokimligi masʼullari ishtirok qilishib, oʻquvchi va ustozlarni bayram bilan tabrikladilar. Faol ishtirokchilarga tuman hokimining tashakkurnomalari va estalik sovgʻalari topshirildi.

D.Tajimuratova

Tuman maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi bosh mutaxassisi.


Октябрь 21, 2021
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 583 марта