Prezidentimizga yelkadosh yoshlarning munosabati
"Barchamizga ma'lumki, Muhtaram Prezidentimiz mahallabay ishlash tizimini yoʼlga qoʼydi. Biz yoshlar yetakchilari birinchilardan boʼlib, mazkur tashabbusga "labbay" deya javob berib, mahalladagi barcha qatlamdagi yoshlarnng dardu-tashvishlariga quloq soldik. Qolaversa, imkoniyati cheklangan, hayotga qiziqishi kam boʼlgan va intiluvchan, birgina turtki boʼlsa, hayotda oʼz oʼrniga ega boʼladigan yoshlarga yordam berishni boshladik. Oʼtgan davrda, minglab yoshlarimiz Yoshlar siyosatidan rozi boʼlib, oʼzlari orzu qilganidek niyatiga yetdi. Аlbatta, bu boshlanishi. Zero, hali qiladigan ishlarimiz bisyor!
Yoshlar siyosati birinchi oʼrindaligiga yana bir isboti, 2024-yilni "Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinishi, biz yoshlarga ulkan masʼuliyat, shu oʼrinda keng imkoniyatlar eshigini ham ochib berdi.
Ushbu yilda ham Prezidentimiz komandasida boʼlib, mahalladagi yoshlarni zamonaviy kasblarga, oʼzi xohlagan ish oʼrinlariga ega qilishda hamda yosh tadbirkorlarni koʼpaytirishga bor kuchimiz bilan yondoshamiz. Biz yoshlarga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun jon-u tanimiz bilan xizmat qilamiz.
Yangibozor tumani Yuqori Boshqir mahalla yoshlar yetakchisi Jumabayev Sanjarbek Maxsudovich
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 243 марта