Ochiq muloqot o’tkazildi

Yurtimizda  prezidentimiz tomonidan ta’limga berayotgan katta e’tiborlari tufayli bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi to‘g‘risida ko‘p gapirish mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bolajonlarimizning sog‘lom xavfsiz va sifatli ovqatlanishi borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 626-sonli qaroriga asosan tumandagi 29 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 13 tasi autsorsing tizimiga o‘tkazilib, ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2022-yildan buyon autsorsing xizmati ko‘rsatilib kelinmoqda.

Maktabgacha ta’lim bo’limi bilan o’tkazilgan ochiq muloqotda aynan ana shu xizmat va uning afzalliklari muhokaa qilindi. Ochiq muloqotda bo’lim mudiri G.Abdirimova, tadbirkorlar, OAV vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok qildi. Dastlab, G.Abdirimova tomonidan autsorsing xizmati bo’yicha ma’lumot berildi.

 2022-yildan buyon “Shox-Jaloladdin” va “Hayvat savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan autsorsing xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Ushbu tadbirkorlar tomonidan 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshxonasi uchun 600 millionga yaqin invistetsiya kiritilgan. Natijada oshxona jihozlari yangilandi, mukammal ta’mirlandi.

Autsorsing tomonidan xizmat ko‘rsatilish afzalligi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida arzon narxdasifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash orqali tarbiyalanuvchilarning sanitariya gigiyena qoidalari va me’yorlari asosida ovqatlantirishdan iborat.

Muloqot davomida savollarga javob berildi.

Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati


Июнь 02, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 252 марта