Mazkur subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 341-sonli qaroriga asosan berildi

Yangibozor tumanida istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan yoshlarning murojaatlari ijobiy hal qilindi. 15 nafar nogironligi boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga 8 ta zamonaviy kompyuter jihozlari (barcha qismlari bilan), 6 ta toʻgʻri chok va 6 ta averlok mashinasi hamda 2 ta tikuvchilik dazmoli berildi. Shu bilan birga bir nafar yoshga zamonaviy kasblarga oʻqishi uchun 1 yillik oʻquv markaz xarajatlari qoplab berildi.


Февраль 01, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 229 марта