Mahalla ayollari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Dastlab, har ikkala mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyatiga oid tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahallada oilalar hamda xotin-qizlar bilan ishlashda samaradorlikni kuchaytirish, har bir oilaga kirib borish, uning muammosini o‘rganish va tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng, mazkur mahallalarda yashovchi tadbirkor ayollar bilan suhbatlashib,  faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, oltinko‘llik Fazilat Davletova "Ayollar daftari" ro‘yxatida turib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Hozirda quyonchilik bilan shug‘ullanib keladi. Shuningdek, mahalla ayollariga tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentyabrdagi "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida" gi 376-sonli qarori asosida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi tashkil etildi. Markaz faoliyatini yuritishda Fazilat Davletova alohida tashabbus ko‘rsatmoqda. Ushbu markaz zamonaviy sport anjomlari, tikuv mashinalari bilan ta'minlangan bo‘lib, opa-singillarimiz banligiga hamda salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu yerda yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan, markaz qulayliklarga ega.

Ma'lumot o‘rnida qayd etib o‘tish joizki, 376-sonli qarorga ko‘ra mazkur markazlar binolari mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarining tavsiyasiga asosan davlat mulkini ijaraga berish tartibiga muvofiq tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ijaraga beriladi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari tumandagi Ochaqal'a mahallasida ham bo‘lib, mahalla ahlining asosiy qismini tashkil etuvchi xotin-qizlarga yaratib berilayotgan sharoitlar, shuningdek, mavjud muammolarni o‘rgandi. Mazkur mahallada yashovchi ilg‘or tadbirkor Gulchehra Rahimova bilan bugungi kunda olib borayotgan faoliyati, uning samaralari haqida yaqindan suhbatlashib, kelgusidagi rejalari bilan tanishdi.

Shuningdek, mazkur mahallaning guzarida joylashgan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.


Февраль 16, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 606 марта