E ʼ L O N

Tumandagi urugʻlikga ixtisoslashgan hududlarda urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urugʻchiligi bilan shugʻullanish istagida bo‘lgan subyekt rahbarlari diqqatiga!

Yangibozor tumani hokimining 2024-yil 16-yanvar kunidagi “2024-yilda tumanda elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urugʻchiligini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida”gi
13-12-178-Q/24-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan fermer xo‘jaliklari Yangibozor tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi binosida tashkil qilingan tanlov komissiyasiga joriy yilning 10-fevraliga qadar tegishli hujjatlarni taqdim qilishingiz so‘raladi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: +99862 41-94-037, +99897-603-08-26 va +99897-741-17-16 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


Январь 17, 2024
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 406 марта