E ' L O N

2024-yilning 26-avgust kuni Soat 16-00 da Yangibozor tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi binosida 2024-yil hosilidan gʻalla urugʻchiligini yetishtirish huquqini qoʻlga kiritish uchun subyektlar oʻrtasida tender tanlovi boʻlib oʻtadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xoʻjaliklar rahbarlari quyidagi hujjatlar toʻplamini 2 nusxada tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida tuzilgan tanlov komissiyasiga 24-iyuldan 24-avgustgacha taqdim qilishlari soʻraladi.

  1. Tender komissiyasi nomiga ariza.
  2. Fermer xo‘jaligi nomidan tilxat.
  3. Tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining maʼlumotnomasi.
  4. Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida maʼlumotnoma.
  5. Irrigatsiya bo‘limi maʼlumotnomasi.
  6. O‘simliklar karantini va himoyasining tuman filiali tomonidan berilgan maʼlumotnoma.
  7. Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi).
  8. Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar).
  9.      Fermer xo‘jaligi ishlayotgan urug‘chi hosilotning maʼlumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi).
  10. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma.
  11. Tuman texnazorat inspektsiyasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma hamda texpasport nusxasi.
  12. Kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotnoma.
  13. So‘ngi 3 yil ichidagi g‘alla hosildorligi bo‘yicha tuman statistika bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotnoma.

 

Hujjatlarni qabul qilish 2024-yilning 24-avgust kuni 18:00 da toxtatiladi.

Qoshimcha maʼlumotlar uchun: +99862 41-94-037 va 97-603-08-26 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 


Июль 28, 2024
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 275 марта