Diqqat eʼlon!

 

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;

• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;

• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;

• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;

• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;

• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.

Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi, o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 5-oktyabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent Shahri, Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A)

• uz_tili_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi

• @Jonajontilim_bot telegram boti

G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Mukofotlar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.

 


Сентябрь 24, 2025
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 61 марта