Bog'olon mahallasida yo'llar ta'mirlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qaroriga asosan tashkil etilgan, Tashabbusli byudjet(openbudget.uz) portali orqali Yangibozor tumanida 2021 yilda bildirilgan tashabbuslar ichidan g‘olib bo‘lgan (ID 1530300088) Bog‘olon mahallasi Mardlar ko‘chasini asfalt qilish ishlari uchun 150.0 mln.so’m mablag’ ajratilgan. Mardlar ko’chasida bajarilishi lozim bo’lgan asfaltobeton qoplama qurish ishlari ob xavo sovib ketganligi sababli bajarish imkoniyati bo’lmadi. Ushbu ko’chada asfaltobeton qoplama qurish ishlarini joriy yilning mart oyida tugallanib, foydalanishga topshirildi.
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 572 марта