Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi

"Bugungi kun yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ishsiz yoshlarning ish bandligini ta'minlash" shiori ostida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 51 ta korxona va tashkilotlar o‘zida mavjud bo‘lgan 316 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

 Yarmarkada mahallalardagi jami 200 nafardan ortiq ishsiz, shu jumladan, muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan fuqarolar ishtirok qildi.

10 nafar ishsiz fuqarolar turli korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

 

 Yarmarkada o‘zining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan “UZTEX GROUP” MCHJ QK Shovot filialida ishlash istagini bildirgan 41 nafar fuqarolarni ishga joylashtirish ishlari amalga oshirildi.

 Bundan tashqari, 15 nafar ishsiz yoshlarga Yangibozor kasb-hunarga o‘qitish markazida tikuvchilik yo‘nalishida o‘qish uchun yo‘llanma, 17 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi.


Январь 19, 2024
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 232 марта