9-fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan munosib oʻrin egallagan.

Alisher Navoiy qalamiga mansub boy maʼnaviy meros asrlar osha insonlar qalbiga ezgulik ziyosini taratib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Insonparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan islohotlarimiz buyuk Alisher Navoiy bobomizning bitta koʻngli oʻksik odamni xursand qilish — Kaʼbani obod etish bilan barobar, degan teran maʼnoli soʻzlariga har tomonlama uygʻun va hamohangdir”.


Февраль 09, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 785 марта