400 nafardan ziyod xotin-qiz ish bilan ta'minlangan
Viloyat hokimi o‘rinbosari "YANGI BOZOR TEXTILE AGRO CLUSTER" MCHJga qarashli "Baror" tikuvchilik korxonasi faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, bu yerda ishchilar uchun yaratilgan barcha qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
— Korxonada biz uchun munosib ish sharoitlari yaratilgan, ikki mahal issiq ovqat beriladi, maxsus transportda qatnash imkoniyati mavjud. Oylik maoshimiz ham ko‘ngildagidek, - deydi Dilfuza Xudoyberganova.
500 nafar ishchi o‘rniga mo‘ljallangan mazkur korxonada bugungi kunda 400 nafardan ziyod xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda ular 15 turdan ortiq kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqarmoqdalar.
Февраль 24, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 366 марта
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 366 марта