“Xalqqa yordam-oliy qadriyat”

Yangibozor tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan kouching tashkil etildi.
Kouchingda ishtirokchilar sihatgohlarga yoʼllanmalar olish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg‘izlar va yolg‘iz yashovchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketayotgan bolalarga vasiylik va homiylik tayinlash, "kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash, shuningdek, reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash" borasida oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Har bir mavzu muhokamasi oldidan markaz xodimlari tomonidan tushuntirishlar berildi. Bu ishtirokchilarning yaratilgan imkoniyatlarni keng tushunib olishlariga zamin yaratdi.
Kouchingda ishtirok qilgan 81 nafar fuqarolar jamiyatda o‘z maqsadlariga erishishda va ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy jihatdan qiyin vaziyatlarni yengishda imkoniyat yaratadi.
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 71 марта