"Tadbirkor va yoshlar" uchrashuvi

Yangibozor tumanida yoshlar bilan ishlash, ularning qiziqishlarini roʻyobga chiqarish maqsadida oʻz mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hamda biznes vakillari bilan “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Yoshlar markazida "Alibek Sulaymon" fermer xo'jaligi egasi, "Yangibozor Local Trading Centre" MCHJ rahbari Saparbayev Bahodir Xajibayevich bilan yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuv davomida, tadbirkor tomonidan yoshlar uchun bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyat hamda imtiyozlar, ushbu imkoniyatga munosib boʻlish lozimligi ta'kidlandi. Uchrashuv so’ngida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Сентябрь 26, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 193 марта