Qizlar futboli — sog‘lom kelajak poydevori!



O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi doirasida qizlar o‘rtasida futbol musobaqasining Xorazm viloyat Yangibozor tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi.
Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida kechgan Yangibozor tuman bosqichi yakunlariga ko‘ra:
• 1-o‘rin — 24-maktabning "Oltin burgutlar" jamoasi
• 2-o‘rin — 9-maktabning "To‘maris" jamoasi
• 3-o‘rin — 4-maktabning "Sug‘diyona" jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa qizlar sportini rivojlantirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Февраль 06, 2026
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 11 марта
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 11 марта
