MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning va O‘zbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etish

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi FHDY organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo‘lsagina amalga oshiriladi.

Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan o‘sha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda o‘sha davlat va O‘zbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.

Boshqa davlatda yashovchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi bo‘lgan o‘sha davlat fuqarosining iltimosiga ko‘ra, konsul nikohni qayd etuvchi o‘sha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.

Yangibozor tuman FHDY bo`limi mudirasi:       X.Madaminova


Сентябрь 12, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 157 марта