YANGIBOZORDA “TURON MAKTAB TEATRI” TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO'LIB O'TMOQDA

 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Turon maktab teatri” respublika tanlovi e’lon qilingan edi.

Bugun Yangibozor tumanida mazkur tanlovning tuman bosqichiga start berildi.

Tanlov davomida umumta'lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari belgilangan shartlar bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishmoqda.

  Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilarda notiqlik san'ati va sahna madaniyatini shakllantirish, teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.


Февраль 27, 2025
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 36 марта