Pensiya jamg‘armasi vakillari tomonidan "Mahalla yettiligi" a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Yangibozor tumanida “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.


Mazkur seminar davomida Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, amaliy vazifalar yuzasidan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yangibozor tumani hokimligi axborot xizmat


Июль 24, 2025
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 218 марта