E ‘ L O N ! Yangibozor tumani qishloq xo‘jaligi subyektlari diqqatiga!

2026-yil hosili uchun urugʻlik don
yetishtirish boʻyicha qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasida tanlovlarni shaffoflik va adolatli o‘tkazilish maqsadida “E-urug‘” (e-seeds.uz) axborot tizimida tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil
18-martda “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug‘” axborot
tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 166-sonli qaroriga asosan Qishloq
xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish bo‘yicha elektron
tanlovlarni “E-urug‘” axborot tizimida 15-iyuldan 5-avgustga qadar o‘tkazish
belgilab qo‘yilgan.
Tender tanlovda barcha ishtirokchilar qatnashishi uchun “E-urug‘” axborot tizimi (e-seeds.uz) orqali ariza topshiradi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

+99862 41-94-037, +99897-603-08-26 va +99899-964-85-85 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


Июль 24, 2025
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 301 марта