Dolzarb 90 kunlik — bolajonlar uchun quvonchli yoz start oldi.
Yangibozor tumanidagi 12-son maktabgacha ta’lim tashkilotida yoz fasli chinakam bayram kayfiyatida boshlandi. “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida har bir kun bolajonlar uchun beg‘ubor quvonch va sermazmun lahzalarga boy o‘tmoqda.


Ertalab bolajonlarni quvnoq musiqalar, kulgu va ertalabki zaryadka qarshi oladi.



Bo‘yoqlar bilan chizilgan orzular — bolalar tasavvurida rang-barang dunyo
Suvli o‘yinlar — yozning issig‘ida serquvonch dam olish
Ertaklar olamiga sayohatlar — ertaknamo tafakkur va fikrlashni rivojlantiradi
Tabiat qo‘ynidagi kuzatuvlar — bolalarni atrof-muhit bilan tanishtiradi
Kichik sahnada aktyorlik chiqishlari — sahnada o‘zini erkin tutishni o‘rgatadi
Sport musobaqalari — jismoniy chiniqish va sog‘lom raqobat muhiti
Jamoaviy o‘yinlar — hamjihatlik va ijtimoiy faollikni shakllantiradi.

Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 158 марта
